Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Nayrobida ko‘p qavatli bino qulab tushdi

Nayrobida ko‘p qavatli bino qulab tushdi

Keniya poytaxti Nayrobida yetti qavatli bino qulab tushdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, okrug rasmiylari qulash Steyshn-roud bo‘ylab 233-hududdagi Kaxava-Uest tumanida sodir bo‘lganligini tasdiqladi. Hozirda qutqaruvchilar hodisa oqibatlarini bartaraf etishmoqda, shuningdek, qo‘shni binolardan odamlarni evakuasiya qilishmoqda.

Xabar qilinishicha, vayronalar ostida odamlar bor. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Voqea joyiga bir qancha idoralarning qutqaruv guruhlari yuborilgan.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!