Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Navoiylik otaxon narkotik yashirish bo‘yicha antiqa usulni qo‘lladi

Navoiylik otaxon narkotik yashirish bo‘yicha antiqa usulni qo‘lladi

Xatirchi tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan operasiya davomida otaxonning uyida o‘rik shoxlarida yashirilgan marixuanna aniqlandi, deb xabar qildi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, 6 nafar farzandi bor 57 yashar otaxonning yashash hovlisi va qo‘shimcha xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidagi o‘rik daraxti shoxlari orasiga giyohvandlik vositasini iste’mol qilish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

EKB xulosasida, ushbu o‘simlik og‘irligi 2,73 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi aytilgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tuman IIB xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:44 21.07.2020. O'qildi: 6100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!