Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Navoiydagi qamoqxonada mahkumga narkotik olib kirilayotgani aniqlandi

Navoiydagi qamoqxonada mahkumga narkotik olib kirilayotgani aniqlandi

Navoiy viloyatida joylashgan UYa 64/29-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tayotgan qo‘qonlik Bahodir Zokirov “ichkarida” uyali aloqa telefonidan foydalanib kelgani aytilmoqda.

Shuningdek, uning oldiga u bilan uchrashuvga kelgan ukasi Ahmedov Baxtiyor unga giyohvandlik moddasi kiritishga urinishda ayblanmoqda. “Jahon.uz” internet nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Bahodir Zokirov ukasiga ichkaridan turib narkotik olib kelishi kerakligini aytganligi ham qo‘shimcha qilindi.

Shundan so‘ng, uning ukasi Baxtiyor Zokirov akasi uchun berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar bilan birga giyohvandilk moddasini muassasa qo‘riqchilari yordamida akasiga yetkazilishiga harakat qilgan.

Ishonchli manbaning aytishicha, Qo‘qonda «Boxo tramadol» nomi bilan tanilgan Bahodir Zokirov noqonuniy tramadol savdosida ayblanib jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan bo‘lgan. Unga tegishliligi aytilgan juda ko‘p miqdorda tramadol fosh etilgan va u aynan shu holat yuzasidan ushlab turilgan bo‘lgan.

Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida sodir bo‘lgan jinoyat ortidan, Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan sakkiz nafar shaxsga nisbatan 1-2103-1902/18-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoriyev Mahmudjon Rafikjon o‘g‘li, Ahmedov Baxtiyor Zaxarovich, Ismoilov Orifxon Odiljon o‘g‘li, Razzokov O‘tkirjon Bahodirovich, Zokirov Baxodir Zaxarovich, Qosimov Jaxongir Shuxratjon o‘g‘li, Amanov Shuhrat O‘ktamovich, Aliyev Shohjahon O‘lmasjon o‘g‘liga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-modda 3-qismi b-bandi v-bandi bilan Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishda ayblanmoqdalar.

Kiritildi: 15:37 14.06.2019. O'qildi: 2291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!