Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Navoiyda noqonuniy yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan MCHJ rahbari ushlandi

Navoiyda noqonuniy yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan MCHJ rahbari ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Navoiy viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy yer oldi-sotdisining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.N.“ MCHJ rahbari J.A. korxonaga Nurota tumani hududidan ijara shartnomasi asosida ajratilgan 30 gektar yer maydonini fuqaro K.X.ga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 350 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Kiritildi: Bugun 02:21. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!