Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda noma’lum shaxs tomonidan olib qochilgan "Lacetti" Tomdi tumanidan topildi

A A A
Navoiyda noma’lum shaxs tomonidan olib qochilgan "Lacetti" Tomdi tumanidan topildi

Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi S.S odatda har kuni o‘zining “Lacetti” rusumli avtomashinasida ishga qatnaydi. O‘sha kun ham u “Navoiy-uran” DUK korxonasiga qarashli geologiya ekspedisiyasining Tomdi-Zarafshon avtomobil yo‘li chetida mashinasini qo‘yib ketgandi. Kechga yaqin ishdan chiqib qarasaki, mashinasi joyida yo‘q. Zudlik bilan tuman IIBga murojaat qildi.

Holat bo‘yicha viloyat hududida to‘sib ushlash tadbiri e’lon qilindi. Tezkor-qidiruv tadbiri natijasida ushbu jinoyatni tomdilik 27 yoshli K.P sodir etganligi aniqlandi. Va yana aniqlandiki, K.P mashinani o‘g‘irlab Tomdibuloq MFY tomon haydagan va cho‘l qumloqlarida botib, harakatdan to‘xtagani sabab qochib ketishga ulgurmagan edi.

Hozirda K.Pga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1- qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:29 28.11.2022. O'qildi: 1262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!