Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Navoiyda mast holda yotgan fuqaroni bosib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Navoiyda mast holda yotgan fuqaroni bosib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

4 iyul kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida noma’lum haydovchi avtomashinasini «Istiqlol» MFY hududidan o‘tuvchi «Yangiturmush—Nurota» avtomobil yo‘lining 28-kilometrida haydab ketayotib, yo‘lning qatnov qismida mast holda yotgan, shu mahallada yashagan F.X.ni bosib, unga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

F.X. olgan jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘ldi. Transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchi shaxsini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

Ushbu holat yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlari xabar berish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 04:28 06.07.2018. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!