Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Navoiyda hokim ustidan sudga arz qilgan fermerning jasadi topildi

A A A
Navoiyda hokim ustidan sudga arz qilgan fermerning jasadi topildi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida mahalliy fermerlardan biri tuman hokimining unga berilgan yer maydoniga oid ijara shartnomasini bekor qilish haqidagi qarori ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq sud majlisi belgilangan sanaga yetmay fermerning jasadi tumanning "Polvonota" MFY hududidan o‘tgan ariqdan topilgan, deb xabar qilmoqda "Daryo.uz" nashri..

Ayni vaqtda Bosh prokuratura matbuot xizmati fermerning jasadi 2020 yilning 5 noyabr kuni ariqdan (tan jarohatlarisiz) topilganini tasdiqladi. Shuningdek, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini bildirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi fermerning o‘limi yurak nafas yo‘llarining suv bilan berkilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi haqida xulosa bergan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbarining alohida qayd etishicha, marhumning qarindoshlarida turli shubhalar tug‘ilayotgani, ularning vajlarini to‘laqonli tekshirilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qaror bekor qilingan. Hozirda qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:45 10.12.2020. O'qildi: 7690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!