Xatirchi tuman IIB hamda DXX tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilib kelinayotgan “Qoradori-2020” tezkor profilaktik tadbiri 1-bosqichi davomida aniqlandiki, 1964 yil tug‘ilgan, millati o‘zbek, malumoti o‘rta, oilali – 6 nafar farzandi bor, Xatirchi tumani “Samarqand” mahallasida istiqomat qiluvchi J.D. o‘z yashash xonadoni tomorqasidagi anor daraxtlari ostiga 3 tup “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelgan. Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan daliliy ashyolar xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan J.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Taassufki, sodir etilgan qoidabuzarliklarda onaxonlar ishtirokini hech bir sabab bilan oqlab bo‘lmaydi. Nopoklik dunyosining chirkin ko‘chalaridan adashmaslikda onaning tutgan o‘rni tengsizdir. Biroq, farzandlariga ibrat va shaxsiy namuna sifatida emas, qoidabuzarligi bilan o‘rnak bo‘layotgan onaxonlarning xatti-harakatiga jazo muqarrar.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati