Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Navoiyda 3 farzandining rizqini "qiygan" otaga jinoiy ish ochildi

Navoiyda 3 farzandining rizqini "qiygan" otaga jinoiy ish ochildi

MIB Zarafshon shahar bo‘limi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudining 17.12.2018 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor A.T.dan undiruvchi B.A. foydasiga 3 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun qarzdor ish haqi boshqa daromadlaring  ½ qismi miqdoridan aliment undirish belgilangan.

Biroq, fuqaro A.T. o‘z majburiyatlarini bajarmasdan, 01.05.2019 yildan 01.10.2019 yilga qadar uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 5.222.070 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi sababli, 24.10.2019 yilda Zarafshon shahar ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra, MJtKning 47(4)-moddasi bilan unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qarzdor 08.11.2019 yilda ma’muriy qamoq jazosini o‘tab bo‘lganidan so‘ng ham bundan tegishli xulosa chiqarmasdan, yana ikki oydan ortiq vaqt davomida 13.128.285 so‘m miqdoridagi aliment pullarini to‘lamay kelgan.

Oqibatda, unga nisbatan 17.03.2020 yilda Byuroning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:14 31.03.2020. O'qildi: 2205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!