Bugun 20 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Navoiyda 16 yoshli bola YPX xodimining o‘limiga sabab bo‘ldi

Navoiyda 16 yoshli bola YPX xodimining o‘limiga sabab bo‘ldi

Navoiy shahrida yo‘l-patrul xizmati inspektori xizmat olib borayotgan vaqtida mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi.

IIV JXD YHXX axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, YTH 19 yanvar kuni soat 1:45 da sodir bo‘lgan. Navoiy shahrining Islom Karimov ko‘chasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov davlat raqamisiz, yo‘l harakati qoidalarini buzib harakatlangan Kia Sonet mashinasi haydovchisiga to‘xtash ishorasini qilgan.

Ammo haydovchi to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan yo‘l harakati qoidasini buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda inspektorni urib yuborgan. So‘ngra voqea joyidan qochib ketgan. Inspektor esa hodisa joyida vafot etgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida Kia Sonet’ni 2008 yilda tug‘ilgan S.M. boshqargani, mashina uning otasiga tegishli bo‘lganligi aniqlangan. Mashina yashirib qo‘yilgan joyidan topilib, jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda holat bo‘yicha Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, yo‘l harakati qoidalarini bilmaydigan Navoiy shahridagi 8-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi yo‘lda boshqa fuqaroni urib yuborishi ham mumkin edi. Afsuski, vatan oldidagi burchiga sadoqat ko‘rsatib xizmat qilayotgan YPX inspektori to‘xtash ishorasini bergan vaqtida qoidabuzarlik qurboni bo‘ldi. Keyingi vaqtlarda kattalar tomonidan voyaga yetmagan bolalarga mashina boshqaruvini berish holatlari ko‘p uchramoqda. Bu esa ayanchli oqibatlarga olib kelishi muqarrar. Shuning uchun, ota-onalar farzandlarining, qolaversa, boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligi uchun bunday xatoni qilmasliklarini so‘rab qolamiz”, deydi IIV JXD YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshov.

Inspektor Jasurjon Muhammadov 1993 yilda tug‘ilgan, 2 farzandning otasi bo‘lgan. U ichki ishlar organlari tizimida 2017 yildan buyon ishlab kelgan.

Kiritildi: Bugun 12:01. O'qildi: 1342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!