Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Navoiy viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Navoiy viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.SH. Chust tumani, “Bofanda” MFY hududidagi novvoyxonada gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 532,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Mingbuloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.G.” va “G.Z.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 540 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.N.” MCHJ mas’ul shaxslari Navoiy shahar, "Kimyogarlar" MFY hududidagi issiqxonada elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 286,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!