Bugun 30 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Navalniy qamoqxonada zaharlangan bo‘lishi mumkin — The Insider

Navalniy qamoqxonada zaharlangan bo‘lishi mumkin — The Insider

Nashr adliya mayori Aleksandr Varapayev tomonidan imzolangan jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorning ikki versiyasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Birinchi hujjatda yozilishicha, 2024 yil 16 fevralda Aleksey Navalniy jazoni o‘tash muassasasi hovlisidagi sayr vaqtida to‘satdan o‘zini yomon his qilgan va bu haqda nazoratchilarga xabar bergan. Keyin Navalniy yerga yotgan va qorin sohasidagi o‘tkir og‘riq hamda ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan. U ko‘p o‘tmay hushini yo‘qotgan.

Qorin og‘rig‘i va ko‘ngil aynishi haqidagi so‘zlar xuddi shu hujjatning so‘nggi versiyasida yo‘q. “Musodara qilingan ashyolar” inventariga ekspertiza uchun taqdim etilgan “qusuq namunalari” ham kiritilgan, ammo na ekspertiza jarayoni haqida, na qusish haqida rasman xabar berilmagan.

Siyosatchining bevasi Yuliya Navalnaya avvalroq "u o‘limi oldidan qorin sohasidagi o‘tkir og‘riqlardan shikoyat qilgani"ni aytgan edi.

"2020 yilda “Novichok”dan zaharlangan Navalniyni Omsk kasalxonasida davolagan shifokor Aleksandr Polupanning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarda qayd etilgan alomatlar siyosatchi yana zaharlangan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatishi mumkin. Bu versiyani rasmiylar uzoq vaqt davomida jasadni topshirmagani va biomateriallarni muqobil ekspertizadan o‘tkazishga ruxsat bermagani ham tasdiqlaydi", deb yozadi The Insider.

Kiritildi: 20:15 29.09.2024. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!