Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

NATOning sobiq bosh kotibi Trampni tanqid qildi

NATOning sobiq bosh kotibi Trampni tanqid qildi

AQSh prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani bosib olish haqidagi tahdidlari Daniyani tobora xavotirga solmoqda.

Bu haqda Daniya sobiq bosh vaziri va NATO sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Politico nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

U Grenlandiya Daniyaning bir qismi ekanligini va Grenlandiyaliklar amerikalik bo‘lishni xohlamasligini ta’kidladi:

"Amerika prezidentining ittifoqchiga tahdid qilishi uyatsizlik deb hisoblayman. Daniya AQShning eng yaqin va ishonchli ittifoqchilaridan biri", - dedi Rasmussen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilliklarda Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyadagi harbiy ishtirokini faqat qisqartirgan, garchi u yerda bazalar yaratish huquqiga ega.

"Gap shundaki, Grenlandiya NATOning bir qismidir. Agar Qo‘shma Shtatlar o‘z mudofaasidan norozi bo‘lsa, biz mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirganimiz uchun minnatdor bo‘lardik", - deya qo‘shimcha qildi alyansning sobiq bosh kotibi.

Kiritildi: 09:15 13.05.2025. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!