NATO sobiq bosh kotibi hamda Norvegiya sobiq bosh vaziri Yens Stoltenberg ushbu mamlakat moliya vaziri etib tayinlanadi. Bu haqda NRK telekanali o‘z manbasiga asoslanib xabar berdi.
Ayni paytda Stoltenberg 2002–2014 yillarda boshqargan Norvegiya ishchilar partiyasi og‘ir inqirozni boshdan o‘tkazmoqda. O‘tgan hafta sosial-demokratlar va markazchilar koalisiya hukumati ittifoqchilarning energetika siyosati va Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish rejalariga ko‘nmagan Markaz partiyasi pozisiyasi tufayli parchalanib ketdi. Vazirlar mahkamasini 20 nafar vazir, jumladan, moliya vaziri (Markaz partiyasi rahbari) Tryugve Vedum tark etdi.
Stoltenbergning eski safdoshi, mamlakat bosh vaziri Yonas Gar Styore Vazirlar mahkamasi yangi tarkibini bugun, 4 fevralda e’lon qiladi.