NATO Harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer G‘arbning uzoq masofali qurollari bilan Rossiya hududiga berilgan zarbalarni «harbiy nuqtai nazardan oqlangan» deb atadi.
Bauerning ta’kidlashicha, xalqaro huquqqa ko‘ra, mamlakat o‘zini himoya qilish huquqiga ega va bu uning chegaralari bilan cheklanmaydi. «Harbiy maqsad dushmanni, uning logistika liniyalarini, frontga yoqilg‘i va o‘q-dorilarni yetkazib berishni zaiflashtirishdir», dedi u Pragadagi NATO Harbiy qo‘mitasi yig‘ilishida.
Ammo bu masalaning boshqa tomoni siyosiy, dedi u: Kiyevni qurol bilan ta’minlagan davlatlar ulardan foydalanish uchun javobgarlikni his qilishi mumkin. Shu munosabat bilan, Bauerning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning sheriklari cheklovlar o‘rnatishga to‘liq huquqqa ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Vashingtondagi uchrashuvdan so‘ng Ukrainaga Rossiyaga uzoq masofadan zarbalar berishiga oshkora ruxsat bermagan edi.