Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

NATO sammitining birinchi kuni haqida

NATO sammitining birinchi kuni haqida

Vashingtonda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti Jo Bayden muvaffaqiyatciz debatdan so‘ng tarafdorlarini yetakchilik qila olishiga ishontirishi uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. 81 yoshli Bayden oxirgi kunlarda prezidentlik poygasini davom ettirishini qayta-qayta, jiddiy ta’kidlamoqda.

O‘tgan hafta “ABC News” telekanaliga bergan intervyusida Bayden Trampni mag‘lub etishini, uning vakolati davrida NATO kengayganini ma’lum qilgan.

Anjumanda Ukraina kelajagi masalasi ko‘rib chiqiladi. NATO rahbari Yens Stoltenberg ittifoqchilardan Ukrainaga muhim yordam ajratish zarurligi va bu Kiyevning alyansga a’zo bo‘lishi uchun ko‘prik vazifasini o‘tashi mumkinligini aytgan. Uning fikricha, Ukrainani tashkilotga qo‘shish masalasini muhokama qilishga hali erta. Shuningdek, Bosh kotib AQShda noyabr saylovida kim g‘alaba qilishidan qat’i nazar, Vashington ittifoqning tamal toshi bo‘lib qolaveradi.

Britaniyaning yangi Bosh vaziri aytishicha, Ukraina Rossiyaga zarba berish uchun Buyuk Britaniya raketasidan foydalanishi mumkin.

– Ushbu ko‘mak mudofaa maqsadini ko‘zlaydi, ammo qurolni qanday joylashtirishni Ukraina hal qilishi kerak.

Oq uy ma’lumot berishicha, to‘rtta “Patriot” akkumulyatori va butlovchi qism, shuningdek SAMP-T tizimi Kiyevga jo‘natiladi. Yaqin kelajakda havo hujumidan mudofaa uchun o‘nlab taktik, jumladan NASAMS, HAWK, IRIS T-SLM, IRIS T-SLS va Gepard tizimi yetkazib berish niyatida. Qo‘shma Shtatlar kelasi yil Ukraina Qurolli kuchlariga yuzlab tutuvchi raketa topshirish va’dasini berdi.

“Ittifoqchilar koalisiyasi Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish uchun 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishga kelishib oldi”, deyilgan Oq uy bayonotida.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken aytishicha, ittifoqchilar Ukrainaga harbiy samolyot yubora boshlagan. Daniya va Niderlandiya ham ushbu turdagi qurollarni Ukrainaga jo‘natdi.

Kiritildi: 09:36 11.07.2024. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!