Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

NATO sammiti moliyaviy mojaro va Tramp bilan bog‘liq yangi inqirozga aylanishi mumkin

NATO sammiti moliyaviy mojaro va Tramp bilan bog‘liq yangi inqirozga aylanishi mumkin

24 iyun kuni Gaagada o‘tkazilishi rejalashtirilgan NATO sammiti jiddiy kelishmovchilik va siyosiy beqarorlik fonisida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO ittifoqchilaridan mudofaa xarajatlarini YAIMning 5% gacha oshirishni talab qilmoqda. Bu esa hozirgi 2% maqsad ko‘rsatkichiga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.

Gensek Mark Ryutte Trampning bosimini yumshatish maqsadida 2032 yilgacha harbiy xarajatlarni 3,5%, infratuzilma (portlar, yo‘llar, ko‘priklar) uchun esa 1,5% miqdorida belgilash taklifini ilgari surdi.

Bu taklif Ispaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Kanada hukumatlarida xavotir uyg‘otgan. G7 sammiti paytida ushbu davlatlarning moliya vazirlari bunday xarajatni qoplash imkoniyati yo‘qligini bildirgan. Germaniya siyosiy doiralarida ham yagona fikr yo‘q, garchi kansler Fridrix Mers bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlasa-da.

Trampning sammitda ishtirok etmaslik yoki uni yarim yo‘lda tark etish xavfi ham bor. Bu kabi holat avval Kanadadagi G7 uchrashuvi paytida sodir bo‘lgan edi. Financial Times ma’lumotiga ko‘ra, shu sababdan sammitning dastlabgi ikki kunlik rejasi ikki yarim soatlik sessiyaga qisqartirildi.

German Marshall jamg‘armasining vise-prezidenti Klaudiya Mayor FT tadbirida shunday degan:

«Dastur ikki kundan faqat ikki soatga qisqartirildi. Bu, ehtimol, Tramp uchun amalga oshishi mumkin. Ammo men Trampning xulq-atvorini taxmin qilishni allaqachon to‘xtatdim».


❗ Sammit NATOning moliyaviy barqarorligi va ittifoqchilar o‘rtasidagi ishonchga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 14:07 20.06.2025. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!