Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

NATO Rossiyani «mas’uliyatsiz yadroviy ritorika»ni to‘xtatishga chaqirdi

NATO Rossiyani «mas’uliyatsiz yadroviy ritorika»ni to‘xtatishga chaqirdi

Rossiya NATO Kaliningrad viloyatini mamlakatning boshqa hududlaridan ajratib qo‘yishga urinib ko‘rsa, yadroviy quroldan foydalanishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Reuters Moskva tomonidan Bryusselga yuborilgan hujjat matniga tayanib xabar berdi.

Hujjatda Rossiya Kaliningrad viloyatini himoya qilish uchun, agar NATO davlatlari mintaqani Rossiyaning boshqa hududlaridan izolyasiya qilishga urinib ko‘rsa, o‘z ixtiyoridagi barcha kuch va vositalardan, jumladan, yadroviy quroldan foydalanishga tayyor ekani aytilgan.

NATO esa yozma javobida alyans mudofaa ittifoqi ekanini va a’zo davlatlar xavfsizligiga tahdidlarga qarshi turishini ta’kidlagan. Alyansning bildirishicha, NATOning hech qanday harbiy mashg‘uloti yoki harakati Rossiya hududiga tahdid solmaydi.

Shuningdek, NATO Moskvadan ittifoqchi davlatlarga nisbatan «tobora mas’uliyatsiz xatti-harakatlar»dan voz kechishni va «mas’uliyatsiz yadroviy ritorika»ni to‘xtatishni so‘ragan.

Alyans, shu bilan birga, Rossiyani Ukrainadagi urushni yakunlashga chaqirgan.

Kiritildi: 21:30 30.09.2026. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!