"Shundan 250 ming nafari halok rossiyalik askarlar hisoblanadi. NATO bahosiga ko‘ra, iqtisodiy nuqtai nazardan Rossiya urushni kamida 2027 yilgacha davom ettirish imkoniyatiga ega", — deya ma’lum qildi DW nashriga alyansning yuqori martabali rasmiysi Gaagadagi sammitdagi brifingda.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans sammiti boshlanishi oldidan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan birgalikda o‘tkazgan brifingda Kiyevga kelgusida ham yordam berilishiga kafolat berdi. Uning eslatishicha, bu yil ittifoqchilar Ukrainaga xavfsizlik sohasi uchun taxminan 35 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatishga va’da bergan.
"Alyans shunday sharoit yaratadiki, tinchlik o‘rnatilgach, Ukraina ancha qudratli bo‘ladi Vladimir Putin uning bir qarich yerini ham egallashga urinmaydi", — deya ta’kidladi Ryutte.
Zelenskiy NATO va Yevropa ittifoqining birligi Ukraina uchun eng muhim omil ekanini aytdi.
"Siz bu birdamlikni Ukrainani qo‘llab-quvvatlash atrofida ko‘ryapsiz. Bu birlik Ukrainaning kuchayishiga va Rossiyaga qarshi urushda o‘zini samarali himoya qilish imkoniyatiga yo‘l ochishiga umid qilaman", — dedi Ukraina prezidenti.