Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

NATO KXDRdan Rossiyaga harbiy xizmatchilar yuborilganini tasdiqladi

NATO KXDRdan Rossiyaga harbiy xizmatchilar yuborilganini tasdiqladi

Ittifoqchilar Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga o‘tkazilishini tasdiqladi. Agar bu qo‘shinlar Ukrainadagi urushda ishtirok etishni maqsad qilgan bo‘lsa, bu Shimoliy Koreyaning Rossiyaning noqonuniy agressiyasini qo‘llab-quvvatlaganligi sababli vaziyatning sezilarli darajada keskinlashishini anglatadi va Rossiyaning frontdagi katta yo‘qotishlarining yana bir dalili bo‘ladi.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Shimoliy Koreyani Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga qo‘shin yuborishdan ogohlantirdi. «Bu sezilarli darajada keskinlashuvga olib keladi», deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol bilan vaziyatni muhokama qilgan, olingan razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 1500 nafar askarini jo‘natgan. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu askarlar Rossiya sharqida tayyorgarlikdan o‘tmoqda va Ukrainadagi front chizig‘iga jo‘natiladi.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi razvedka manbalariga tayanib, Pxenyan frontga «to‘rtta brigada, jumladan, maxsus kuchlar bo‘linmalarini jami 12 ming nafar askar» jo‘natishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ushbu ma’lumotni izohlar ekan, Ryutte Shimoliy Koreya qo‘shinlarining jangovar harakatlarda faol ishtirok etgani haqida tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘qligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Pxenyanning Moskvaga qurol-yarog‘, texnologiya va yangi ishlanmalar ko‘rinishida keng ko‘lamli yordam ko‘rsatayotganiga ishora qildi, bu esa Ukraina ittifoqchilari orasida xavotir uyg‘otmoqda, deb yozadi kun.uz.

Kiritildi: Bugun 13:27. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!