Agar Eron Yevropadagi AQSh harbiy inshootlariga hujum qilsa, NATO o‘z a’zolariga qarshi tahdidlarga javob berishga tayyor.
Bu haqda alyans vakili CNNga ma’lum qildi.
"NATO har qanday tahdidga qarshi turishga tayyor va barcha ittifoqchilarni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi", dedi u.
Ushbu bayonotlar Financial Times gazetasi Eronga yaqin manbalarga tayanib, agar Vashington urushni kuchaytirsa, Tehron Yevropadagi AQSh harbiy inshootlariga hujum qilishni ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berganidan keyin paydo bo‘ldi.
Shimoliy Atlantika shartnomasining 5-moddasida mustahkamlangan NATOning kollektiv mudofaa tamoyiliga ko‘ra, alyansning bir a’zosiga qilingan hujum barchaga qilingan hujum hisoblanadi. Bugungi kunga qadar ushbu modda faqat bir marta - 2001 yil 11 sentyabrda Qo‘shma Shtatlarda sodir bo‘lgan terroristik hujumlardan keyin qo‘llanilgan.