NATO joriy strategiyaning Rossiya ustunligi oldida zaifligini tan olib, harbiy doktrinasini tubdan o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Business Insider nashri xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy sabab Ukrainadagi mojaroning saboqlari bo‘lib, Rossiyaning harakatlari NATOning havodagi ustunligini shubha ostiga qo‘ygan.
G‘arb ekspertlarining fikricha, Ukrainadagi mojaro shoshilinch islohotlar zarurligini ko‘rsatuvchi "zamonaviy urushlar laboratoriyasi"ga aylangan.
Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Londonda so‘zlagan nutqida alyans o‘z yondashuvlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlarini (dron) birlashtirish va arzon yuqori texnologiyali qurollardan ommaviy foydalanishga o‘tishni talab qilishini aytdi.
"NATO raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun qimmat tizimlarni dronlar kabi arzon yechimlar bilan birlashtirishi kerak", - deya ta’kidlaydi maqola mualliflari.