AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni faqat muzokaralar stolida hal qilish mumkin, deb hisoblaydi.
Bu haqda AQShning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uiteker NBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Prezident Tramp mojaro jang maydonida tugamasligini aniq aytdi. Pirovardida, bu muzokaralar yo‘li bilan yakunlanishi, tinchlikka erishish kerak", - dedi u.