NATO bosh kotibi Mark Ryutte Zelenskiyni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlarni tiklashga chaqirdi.
Bu haqda u BBCga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
"Men Zelenskiyga Donald Tramp va uning ma’muriyati bilan munosabatlarni tiklash yo‘lini topishi kerakligini aytdim", — dedi u.
Ryutte Oq uyda sodir bo‘lgan voqeaning o‘zini "afsus" deb atadi.