Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

NATO bosh kotibi Rossiya bilan normal munosabatlarni qayta tiklash ehtimoli haqida gapirdi

NATO bosh kotibi Rossiya bilan normal munosabatlarni qayta tiklash ehtimoli haqida gapirdi

Mark Ryutte Bloomberg TV'ga bergan intervyusida Ukraina urushi tugaganidan keyin Rossiya bilan munosabatlar normallashishi kerakligini aytdi.

"Agar urush Yevropa uchun qandaydir tarzda to‘xtasa va AQSh uchun ham asta-sekin Rossiya bilan normal munosabatlarni qayta tiklash imkoniyati yuzaga kelsa, bu tabiiy holat hisoblanadi. Ammo biz hali bunga tayyor emasmiz. Rossiyani muzokaralarni jiddiy qabul qilishiga ishonch hosil qilish uchun ularga bosim o‘tkazishni davom ettirishimiz kerak", — deya fikr bildirdi alyans bosh kotibi.

Ryutte 13 mart kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi va Vashington vositachiligida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini muhokama qildi.

Kiritildi: 21:45 14.03.2025. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!