Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

NATO Bosh kotibi Estoniyadagi harbiy bazaga tashrif buyuradi

NATO Bosh kotibi Estoniyadagi harbiy bazaga tashrif buyuradi

NATO Bosh kotibi etib tayinlangan Mark Ryutte ilk bor Estoniyaga shu maqomda tashrif buyurmoqda.

Seshanba kuni Shimoliy Atlantika alyansi Bosh kotibi Estoniya prezidenti Alan Xarris va bosh vazir Kristen Mixal bilan uchrashdi.

- Men Estoniyaning NATO Oliy tayyorgarlik kuchlariga qo‘shgan salmoqli hissasi va tayyorlikni yanada oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini olqishlayman, — dedi M.Ryutte bosh vazir K.Mixal bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, M.Ryutte tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna bilan uchrashadi. Shu kuni u Alyans harbiy bazasiga ham tashrif buyuradi va u yerda Estoniya prezidenti bilan birga harbiy xizmatchilar bilan muloqot qiladi.

Kiritildi: 23:05 23.10.2024. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!