NATO davlatlari Boltiqbo‘yidagi kemalarni o‘z suvlaridan tashqarida nazorat qilish uchun yechim izlaydi, dedi Polsha Bosh vaziri Donald Tusk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora suv osti va yer usti infratuzilmasini himoya qilishga qaratilgan.
Ammo kengaytirishni kim qanday ta’minlashi hali aniq hal qilinmagan. Polsha flotining imkoniyatlari bu borada cheklangan, dedi Tusk.