Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

NATO “Arktika qo‘riqchisi” missiyasidagi manyovrlarga harbiylarni yubormoqchi

NATO “Arktika qo‘riqchisi” missiyasidagi manyovrlarga harbiylarni yubormoqchi

NATO “Arktika qo‘riqchisi” missiyasi doirasida o‘tkaziladigan manyovrlarda ishtirok etish uchun mintaqaga o‘n minglab harbiylarni yuborishni rejalashtirmoqda, dedi alyans bosh kotibi.

Mark Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, tashabbus doirasida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga NATO'ning o‘n minglab harbiylari jalb etiladi. Ushbu mashg‘ulotlarga Grenlandiyada Daniyaning Arctic Endurance hamda Norvegiyada Cold Response manyovrlari ham kiradi. Ta’kidlanishicha, mazkur mashg‘ulotlar avvaldan rejalashtirilgan.

"Men barcha tafsilotlarni oshkor qila olmayman, aks holda Moskva va Pekinni haddan tashqari xabardor qilib qo‘ygan bo‘laman. Bizning baholashimizga ko‘ra, Rossiya va Xitoy Arktika mintaqasiga katta qiziqish bildirmoqda", — dedi Mark Ryutte.

Uning qayd etishicha, tashabbusning asosiy maqsadi Rossiya va Xitoyning Grenlandiyaga hamda uning iqtisodiy resurslariga kirish imkoniyatini cheklashdan iborat.

Kiritildi: Bugun 13:35. O'qildi: 260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!