Eronning Natanz shahridagi yadroviy inshootlar ichida radiologik va kimyoviy ifloslanish aniqlandi.
Bu haqda MAGATE rahbari Rafael Grossi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eronning Natanz shahridagi yadroviy inshootlardagi radiologik va kimyoviy ifloslanishni radiasiyaviy himoya choralari bilan nazorat qilish mumkin.
Agentlik Grossining so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda, "MAGATE Eronga yadroviy inshootlarni to‘liq himoya qilish va ulardan tinch maqsadlarda foydalanishni davom ettirish uchun mutaxassislarni yuborishga tayyor. Yadro inshootlariga hech qachon hujum qilinmasligi kerak".