Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Nashriyot va matbuot korxonalari foyda solig‘idan ozod qilinadi – loyiha

Nashriyot va matbuot korxonalari foyda solig‘idan ozod qilinadi – loyiha

Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar «Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda.

Mazkur hujjat loyihasida, jumladan, O‘zbekistonda kitoblar nashrini qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha nashriyot va matbuot korxonalari 2025 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etish belgilanmoqda.

Shuningdek:

  • kelgusi yilda asosiy soliq turlari, jumladan foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq turlari bo‘yicha stavkalar o‘zgarishsiz qoldirilmoqda;
  • mobil aloqa xizmatlari sohasiga investisiyalar miqdorini ko‘paytirish, mobil aloqa va internet xizmati sifatini oshirish maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinmoqda;
  • mahalliy byudjetlar daromadini oshirish, ish o‘rinlarini legallashtirish hamda soliq bo‘yicha Xalq deputatlari mahalliy kengashlar vakolatlarini oshirish maqsadida ularga yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan miqdorlardagi stavkalarini faoliyat turi va joylashgan hududiga qarab belgilash vakolati berilmoqda;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarning yollagan xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoki o‘zlari uchun belgilangan qat’iy soliqning 50 foizini to‘lash huquqini berish hamda bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan yakka tadbirkorlarning yollagan xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish kabi normalar kiritilmoqda.
Kiritildi: 14:25 03.12.2024. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!