Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

NASA xodimlari Oq uy siyosati tufayli ommaviy ravishda ishdan ketishga qaror qilishdi

NASA xodimlari Oq uy siyosati tufayli ommaviy ravishda ishdan ketishga qaror qilishdi

Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasining (NASA) 2145 ga yaqin yuqori lavozimli xodimi xodimlarni qisqartirish doirasida agentlikni tark etadi.

Bu haqda Politico o‘z qo‘lidagi hujjatlarga tayanib yozdi.

Maqolada ishdan bo‘shatilgan xodimlarning aksariyati davlat xizmatining yuqori lavozimlariga to‘g‘ri keladigan GS-13 dan GS-15 darajasidagi lavozimlarni egallashi ko‘rsatilgan. Ular amaldagi xodimlarni qisqartirish siyosatidan norozi. Agentlik ushbu qisqartirish choralari doirasida xodimlarga erta pensiya, ishdan bo‘shatish to‘lovi va kechiktirilgan ishdan bo‘shatishni taklif qildi.

Agentlik matbuot kotibi Betani Stivens elektron pochta orqali: "NASA o‘z missiyamizga sodiq qoladi va ustuvorroq byudjet ostida ishlaydi" - dedi.

Qisqartirishlar Amerika kosmik agentligi uchun qiyin paytga to‘g‘ri keladi. Prezident Donaltd Tramp ma’muriyati ostida, AQSh kosmik sanoati va NASAning 18,000 ishchi kuchi yaqinlashib kelayotgan ishdan bo‘shatish va o‘nlab ilmiy dasturlarni yo‘q qiladigan byudjetni qisqartirish tufayli noaniqlikka duch kelmoqda. Muammoni yanada kuchaytiruvchi jihat shundaki, NASA hozirda, hisobotga ko‘ra, tasdiqlangan ma’mursiz qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati mamlakat koinot fanida so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik qisqartirishni tayyorlayotgani xabar qilingandi. Oq uy NASAning 2026-moliya yili uchun byudjetini keskin qisqartirishni rejalashtirmoqda, buning natijasida o‘nlab faol missiyalar mablag‘siz qolmoqda. Bu kelajakdagi ulkan loyihalarni ham, Yer, Oy, Mars va Yupiter orbitasidagi mavjud kosmik kemalarni ham xavf ostiga qo‘yadi.

Kiritildi: 10:30 10.07.2025. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!