NASA'ning Hyustondagi Lyndon B.Jhonson kosmik markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda missiyada amerikalik astronavtlar Andre Duglas, Frank Rubio va Rendi Bresnik, shuningdek, italiyalik astronavt Luka Parmitano ishtirok etishi e’lon qilindi.
Dastlab “Artemida-3” missiyasi doirasida Oyga odam tushirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq 2026-yil fevralida NASA missiya rejasi o‘zgartirilganini ma’lum qildi.
Yangi reja bo‘yicha ekipaj past Yer orbitasida qoladi va SpaceX hamda Blue Origin tomonidan ishlab chiqilayotgan Oyga qo‘nish modullari bilan tutashuv amaliyotlarini bajaradi.
“Artemida-3” missiyasining uchirilishi 2027 yilga mo‘ljallangan. NASA'ning Oyga navbatdagi pilotli qo‘nishi esa hozircha 2028 yilga qoldirilgan.