Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Naqadar tubanlik! Senator “Qur’oni Karim”ning qaytadan yozilishini talab qilyapti!

A A A
Naqadar tubanlik! Senator “Qur’oni Karim”ning qaytadan yozilishini talab qilyapti!

Sobiq Belgiya go‘zali, elchi va senator Mariya van Dermesh musulmonlarning muqaddas kitobi “Quroni Karim” borasida  Evropa Inson huquqlari Mahkamasiga shikoyat qilmoqchi.

Publika” nashrining BBCga tayanib bergan xabarida aytilishicha, Mariya bu borada Belgiyaning “De Zondag” gazetasiga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tgan.

“Men “Quron” butkul taqiqlansin demayman. Shunchaki kitobning Inson huquqlari Bayonnomasiga uyg‘un ravishda yangidan yozilishini xohlayman. Chunki unda tahlika ko‘p. Aytaylik, ayol eridan bir pog‘ona pastda yurishi kerak. Axir inson huquqlari qani bu yerda? Bundan tashqari, ayollar hijobga o‘ranishi kerak, bu ham vahshiylik. Eng yomoni ayollarning badani ko‘rinsa, masalan, ochiq-sochiq kiyinish gunoh sanaladi. Bu qanaqasi?”.

Mariya van Dermesh, shuningdek, musulmon ayollari ijtimoiy tazyiqlar ostida yashayotgani haqida ishonch bilan gapirmoqda. Uning Quron bilan bog‘liq qaroriga Belgiya radikal o‘ng partiyasida yoqlovchilar topilayotgan bo‘lsa-da, biroq ijtimoiy tarmoqlarda xristianlar uni Senga Quron tegyaptimi, o‘ylab gapirmaysanmi?” qabilidagi tanqidlarga ko‘mib tashlashmoqda.

Albatta, “Qur’oni Karim” zamirida ezgulik, insoniylik yotgani, bu muqaddas kitob insoniyatni faqat ezgulikka chorlashi ma’lum. Mariya kabi qalb ko‘zi so‘qirlarning gaplariga esa quloq solmaslik, uning ta’siriga tushmaslik kerak.

 

Kiritildi: 23:33 22.05.2018. O'qildi: 1572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!