Namibiyaning amaldagi vise-prezidenti Netumbo Nandi-Ndaiva 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan davlat rahbari saylovida g‘alaba qozondi. Bu haqda saylov komissiyasi byulletenlarni sanash yakunlangach ma’lum qildi.
Mamlakat tarixida birinchi marta bu lavozimni ayol kishi egallaydi. U fevralda Xage Geyngob saraton kasalligidan vafot etganidan keyin prezident sifatida qasamyod qilgan Nangolo Mbumbani o‘rnini egallaydi.
Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etganlarning 57 foizi Nandi-Ndaytva xonimga ovoz bergan. Saylovda 15 nafar nomzod ishtirok etgan. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun ovozlarning yarmidan ko‘pi va bitta ovoz kerak edi.
Netumbo Nandi-Ndaiva 72 yoshda. U SSSRda o‘qigan va u yerda “Kommunistik yoshlar harakati ishi va amaliyoti” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olgan. Keyingi yillarda siyosatchi turli davlat lavozimlarida ishlagan va parlament deputati bo‘lgan.