Bugun 4 yanvar, 2025 yil, shanba

КИР

Namanganlik erkak o‘z oshxonasini qimorxonaga aylantirdi

Namanganlik erkak o‘z oshxonasini qimorxonaga aylantirdi

Qimorbozlik o‘zganing mulkini o‘zlashtirishdan qolishmaydigan illat. Uning ne-ne kirdikorlarga qodirligi boisdir nafaqat qonun taqiqlagan, balki shariatimiz ham qattiq qoralaydi.

Buning asl mohiyatini tushunib yetmagan kishi yo‘q, aslida. Ammo tushunib, bilib turib yomonlikka yul ochib beruvchilar topiladi.

Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi Xabibullo Usmonov o‘ziga tegishli bo‘lgan oshxonadan kelayotgan daromadga harom aralashtirishdan orlanmadi. U qimor o‘ynash uchun sharoit yaratib berishni iltimos kilgan mahalladoshlarining beradigan 50.000 puliga qiziqdi-yu, jamiyat qonun-qoidalari, qolaversa shariat taqiqini nazar-pisand etmadi.

Yomonliklarning umri qisqa. Xayriyatki, bu holatga o‘z vaqtida chek qo‘yildi. Qimorbozlar o‘yin vaqtida ushlanib videotasmaga ham olindi. Ammo X.Usmonov bundan meni xabarim yo‘q edi, deya vaziyatni xaspo‘shlamoqchi bo‘ldi. Vaholangki, uning qimorbozlarga bir necha bor choy tashigani, nos uchun idish olib kirganligini ko‘rgan guvohlardan tashkari pul uchun kelishganligini isbotlovchi dalillar mavjud.

Albatta, bu masalaning bir tomoni ikkinchi tomoni esa yomonlik yo‘liga birinchi qadam bo‘lgan qimorbozlik ortidan, ichkilikbozlik, tortishuv va janjallar, fojeaviy holatlar kelib chiqmasligiga kafolat berish mumkinmi? Aslo!

Demak oqibatning oldi o‘z vaktida olindi. Bundan aslida oshpaz ham manfaatdor.

Bugun u 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi bilan siylandi.  X. Usmonov bu jazodan xatosini tushunib yetishga yetarli xulosa oladi deb umid kilamiz, albatta.

Zotan, tirikchiligi manbai bo‘lgan oshyonni halol saqlash inson uchun fazilatdir.

Jasurbek Qurbonov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Norin tuman sudining raisi

Kiritildi: 10:47 17.02.2020. O'qildi: 2583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!