Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganlik aka-ukalar velosipedda haj ziyoratiga jo‘nab ketdi

Namanganlik aka-ukalar velosipedda haj ziyoratiga jo‘nab ketdi

Namanganlik aka-uka Davlatmirzo va Abdujabbor Mirzaqulovlar velosipedda haj ziyoratiga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Davlatmirzo aka 72, ukasi esa 68 yoshda. Birlarining 5 nafar farzand va 11 nafar nabirasi, ikkinchisining 4 nafar farzand va 7 nafar nabirasi bor. Ular 14 aprel kuni o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan Uchqo‘rg‘on tumanidan Makka va Madina sari yo‘l oldi.

“O‘zbekiston bayrog‘i, zarur hujjatlar va kiyim-kechak olvoldik. Asli bir o‘zim safarga otlanayotgan edim, ukam yoshingiz katta bo‘lib qoldi, men ham birga boraman, deb turib oldi. Ikkimiz ham uzoq yillar dalada ishlaganmiz, keyinchalik tirikchilik taqazosi bilan xorijga chiqib ketdik. Geografiyani yaxshi bilaman, shuning uchun ortiqcha qo‘rquv bo‘lmadi. Yo‘ldagi sarguzashtlarimiz Qamchiq dovonidan oshib o‘tishimiz bilan boshlandi. Qattiq jala yog‘ib, butkul ivib ketdik. Yo‘lda Jizzaxga ketayotgan tandirchi yigitlar qo‘yarda-qo‘ymay avtomobiliga chiqarib, birga olib ketdi. Jizzaxdan nari Samarqandga o‘tdik, endi nasib, Xorazmga yo‘l olamiz. Bu qiyinchilik va mashaqqatlarning ham ajri bor, albatta”, — deydi Davlatmirzo aka.

Namanganlik aka-uka O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tib, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Eron va Misrga o‘tish, shundan so‘ng haj mavsumiga qadar Saudiya Arabistoniga kirib borishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 06:28 21.04.2024. O'qildi: 841 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!