Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Namangandan Toshkentga muntazam poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

A A A
Namangandan Toshkentga muntazam poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Yangi qatnov yo‘nalishi qishning sovuq kunlarida, turli ob-havo sharoitlarida safarga chiquvchi hamyurtlarimizga juda qo‘l keladi.

Namangan viloyatidan poytaxtimizga borishda temiryo‘l xizmatlaridan foydalanishda har doim ehtiyoj bor, – deydi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati Farg‘ona filiali “Namangan temiryo‘l vokzali” boshlig‘i Bahodir Nabijonov. – Demak, yo‘lovchilar haftaning dushanba, seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari Namangan vokzalidan Toshkentga jo‘nashi mumkin. Toshkentdan Namangan shahriga keluvchilar uchun dushanba, seshanba, payshanba va juma kunlari qatnov mavjud. Qayd etish joizki, mazkur yo‘nalishni yo‘lga qo‘yilgani noqulay ob-havo sharoitida yo‘lovchilar uchun juda qulay bo‘ldi.

Kiritildi: 20:54 13.12.2023. O'qildi: 2621 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!