Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namangandagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan “Qur’oni Karim” kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab ketildi

Namangandagi “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohidan “Qur’oni Karim” kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab ketildi

2022 yilning 9 avgust kunidan 10 avgust kuniga o‘tar kechasi soat 00:04larda noma’lum shaxslar Chortoq tumani Baliqko‘l MFYda joylashgan “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohida mavjud bo‘lgan “Qur’oni Karim” kitobining qo‘lyozma nusxasini o‘g‘irlab, noma’lum tomonga yashiringan. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmtai xabar qildi.

Mazkur holat Namangan viloyati Prokuraturasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v”,“g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxslarni qidirib topish yuzasidan tashkil etilgan guruh tomonidan tezkor-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: Namangandagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohida hajmi jihatdan O‘zbekiston musulmonlari idorasidagi Qur’oni Usmoniydan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan Mushafning qo‘lyozma nusxasi saqlanar edi.

Kiritildi: 17:53 15.08.2022. O'qildi: 3009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!