Namangan viloyatida 2022 yil 20 yanvar kuni soat 16:30larda IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida 64 yoshli S.L. spirtli ichimlikdan mast holatda o‘zining Namangan shahar Zarafshon ko‘chasida joylashgan xonadonida 4 nafar fuqarolarga qimor o‘ynash uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, mazkur xonadondan o‘yin uchun tikilgan jami 1.461.000 so‘m pullar, 1 ta o‘yin qartasi, 16 dona karton stakan va 1 dona quti ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.L.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.