Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida navbatdagi huquqbuzarga chora ko‘rildi

Namanganda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida navbatdagi huquqbuzarga chora ko‘rildi

Namangan viloyati, Namangan shahrida chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlandi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan "Ilg‘or" MFY hududida o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.

O‘rganish natijasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzar fuqaro O. X. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91Prim 1- moddasi 1-qismiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O. X. bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari — 330 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Kiritildi: 15:19 29.11.2023. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!