Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantirilmoqda.
Nanay qishlog‘i bir vaqtning o‘zida 2500 nafar sayyohni qabul qila oladi. Shundan 150 ta uy mehmonxonasi 1500 ta sayyohga, boshqa dam olish maskanlari esa 1000 ta sayyohga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.
Ayni damda “Nanay” qishlog‘ida qo‘shimcha turizm turlari va xizmatlarini rivojlantirish maqsadida ekstremal turizm, sport va otda sayr xizmati, 10 ta ovqatlanish shoxobchasi, 10 dan ko‘p savdo nuqtasi tashkil etildi.