Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.R.ning (muqaddam sudlangan) “Cobalt” rusumli avtomashinasi “Yangiqo‘rg‘on-Namangan” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan 2 500 quti “Milano New york” va 1 500 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.