Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganda quloqchin taqib yurgan bolani poyezd urib ketdi

Namanganda quloqchin taqib yurgan bolani poyezd urib ketdi

Joriy yil 21 mart kuni soat 11:40 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani Elabod mahallasidan o‘tgan Rovuston-Namangan temir yo‘l oralig‘ini 88 km. 6-piketida, Rovuston bekatidan-Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan, Qo‘qon lokomotiv deposi mashinist bo‘lib ishlovchi, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1972 y.t. fuqaro teplovozni 6 dona vagon bilan boshqarib ketayotgan vaqtida, quloqchindan foydalangan holda temir yo‘l izidan ketayotgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 y.t. fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, fuqaro bosh miya lat yeyishi, jag‘ suyagini sinishi, o‘ng qo‘li lat yeyishi tashxisi bilan RSHTYOIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyat IIB Transportda XTB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:56 24.03.2021. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!