Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Namanganda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida pirotexnika buyumlarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar YO.K. va U.R. “Gentra” rusumli avtomashinasida umumiy bahosi 40,1 mln so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 6 xil turdagi jami 138 dona pirotexnika buyumlarini fuqaro M.X.ga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:18 21.12.2024. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!