AQSh Kongressida Turkiyaning Suriyadagi harakatlari sabab unga qarshi sanksiyalar joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
“Turkiyaning 2024 yilgi tajovuziga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun” deb nomlangan hujjat demokrat Kris Van Hollen va respublikachi Lindsi Grem tomonidan tayyorlangan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, Vashington Anqara bilan diplomatik kanallar orqali Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish masalasida hamkorlik qilishi kerak, aks holda Turkiyaga sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilish zarur.