Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Namanganda mahalla raisi "bola puli" uchun pora so‘radi

A A A
Namanganda mahalla raisi "bola puli" uchun pora so‘radi

2023 yil 15 iyul kuni Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 1973 yilda tug‘ilgan, MFY raisi bo‘lib ishlovchi ayol uning ishonchiga kirib, Namangan shahar byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasida ishlovchi tanishlari orqali uning farzandlariga bola nafaqasi ajratib berishini aytib, evaziga 1.300.000 so‘m pullarni talab qilayotganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida arizada nomi keltirilgan ayol xizmat xonasida arizachidan 1.300.000 so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 19:06 01.08.2023. O'qildi: 2072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!