Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda "KamAZ" 6 yoshli bolani urib ketdi

Namanganda "KamAZ" 6 yoshli bolani urib ketdi

Namangan viloyati IIB xabariga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tumani "O‘rda" mahallasi Bobur ko‘chasining ichki yo‘lida 30 yillik haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan "KamAZ" haydovchisi mashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tarafidan chiqib kelgan 2018 yilda tug‘ilgan bolani urib ketgan.

Hodisa oqibatida, bolakay bosh miya yopiq shikasti, kalla suyaklari yopiq sinishi tashxisi bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

"Chorrahaga kelganimda bir tarafdan mashinalar kelib qoldi. Mashinalardan biri keldi va men ham shu tarafga o‘taman degan ishorani ko‘rsatdi. Keyin, yo‘lni bo‘shatish maqsadida mashinani harakatlantirdim. O‘ng tarafga qaradim hech kim yo‘q edi. Harakatlanishim bilan shu narsa sodir bo‘ldi. Bilib, bilmay shu hodisa sodir bo‘ldi. Bolaning oilasidan yolvorib kechirim so‘rayman, kechirim so‘rashdan boshqa ish kelmaydi qo‘limdan", - deydi haydovchi.

Kiritildi: 22:24 13.05.2024. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!