Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Namanganda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bog‘cha bolasi haqida tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘raldi

Namanganda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bog‘cha bolasi haqida tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘raldi


Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda Uchqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan hodisa bo‘yicha turli asossiz ma’lumotlar tarqalayotgani yuzasidan bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan 12 sentyabr kuniyoq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs qamoqqa olingan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi beriladi va hech qanday yengillik qo‘llanilmaydi.

Ombudsman bolaning sha’ni va manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamoatchilikdan faqat rasmiy ma’lumotlarga tayanishni so‘ragan.

Kiritildi: 20:46 25.09.2026. O'qildi: 578 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!