Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda ilk bor xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tadi

Namanganda ilk bor xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tadi

28–30 oktyabr kunlari Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” istirohat bog‘ida Birinchi Namangan xalqaro asal festivali o‘tkaziladi. Festival Turizm va madaniy meros vazirligi Namangan viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Festival davomida 250 dan ortiq mahalliy va xorijlik asalarichilar o‘z mahsulotlarini namoyish etadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari asal mahsulotlari, asalarichilik, asal yig‘ish va asalari uylari haqida barcha ma’lumotlarni bilib olish, qolaversa, asal mumidan malham ishlab chiqarish, asalarichilik hunarmandchiligi buyumlarini tayyorlash, asalning bir nechta navlarini tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, tadbir dasturidan respublikamizda qishloq xo‘jaligi turizmini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan “Ilmiy-amaliy konferensiya” va asal ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, mehmonlar uchun konsert, shuningdek asalarichilik sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijlik asalarichilik sohasidagi mutaxassislardan mahorat darslari o‘rin olgan.

Festival doirasida “Afsonalar vodiysi” istirohat bog‘ida “Eng yaxshi qadoqlangan asal” va “Eng tabiiy asal” nominasiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Kiritildi: 09:44 17.10.2022. O'qildi: 2824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!