Namangan viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik sifati kafolatlanmagan hamda qalbaki dori vositalari va tibbiy buyumlarning savdoga chiqarilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, DXX, IIB va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.A.” MCHJ ombori mudiri A.I. Namangan shahar, “Ilg‘or” MFY hududidagi noturar binoda turli nomdagi qalbaki hamda yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, umumiy bahosi 1,4 mlrd so‘mlik 1 337 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.